Rossiya IIV tomonidan 2021 yilda 176 ming nafardan ortiq xorijiy fuqaroga mamlakatga kirish uchun taqiq qo`yildi. Bu haqda Sputnik O`zbekiston xabar bermoqda.
2021 yilda - 176 333 kishiga, 2020 yilda esa 189 448 kishiga bunday qaror qabul qilingandi, bu deyarli 13 ming nafarga kam.
IIVga ko`ra, Rossiya hududiga kirishni taqiqning asosiy sabablari – mamlakatda vaqtinchalik bo`lish muddatlarini buzish va noqonuniy mehnat faoliyati hisoblanadi.






