AsosiySport

O`zbekiston MTJ ertaga Afrika qit`asi vakiliga qarshi o`rtoqlik uchrashuv o`tkazadi

'O`zbekiston MTJ ertaga Afrika qit`asi vakiliga qarshi o`rtoqlik uchrashuv o`tkazadi'ning rasmi

O`zbekiston milliy terma jamoasi qishki o`quv-mashg`ulot yig`inini davomida bir nechta o`rtoqlik uchrashuvi o`tkazishi rejalashtirilgan. Bu haqda O`FA matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Xususan, 27-yanvar kuni Srechko Katanes shogirdlari Janubiy Sudan terma jamoasi bilan nazorat uchrashuvida ishtirok etadi. Avvaldan ushbu sanada Bahrayn terma jamoasi bilan o`ynash borasida muzokaralar olib borilayotgan edi. Biroq Bahrayndagi epidemiologik vaziyat sababli ushbu jamoa BAAdagi yig`inini bekor qilishga majbur bo`ldi. Natijada 27-yanvar kuni Dubayda yig`inda bo`lib turgan Janubiy Sudan terma jamoasi bilan o`yin o`tkazish borasida o`zaro kelishuvga erishildi.

O`yin ertaga 18:00 da start oladi va O`FA rasmiy YouTube kanali (https://youtube.com/c/UZBEKISTANFA) orqali translyasiya qilinishi rejalashtirilgan.

Boshqa yangiliklar