Yakunlangan mavsumda Toshkentning “Lokomotiv” jamoasida xarakat qilgan, O`zbekiston terma jamoasiga muntazam nomzod bo`lgan Temurxo`ja Abduxoliqov "Qizilqum" bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.
Abduxoliqov faoliyati davomida O`zbekiston kubogida 2 marotaba va chempionatda 3 marta chempion bo`lgan, Xorvatiyaning “Xayduk”, Qatarning “As Sayliya” jamoalarida legioner bo`lib bir necha mavsum xarakat qilgan, 2019 yilda O`zbekiston superligasi to`purari bo`lgan.
Temurxo`ja Abduxoliqov haqida qisqacha ma`lumot:
To`liq ismi: Temurxo`ja Abduxoliqov
Tug`ilgan sana: 25.09.1991. y
To`g`ilgan joyi: Toshkent
Millati: O`zbek
Ampula: Hujumchi
Futbolchining to`p surgan jamoalari: “Bunyodkor – 2” , “Paxtakor” , “Xayduk” (Xorvatiya), “Lokomotiv”, “As Sayliya” (Qatar), “Xaur-Fakkan” (BAA)






