AsosiyDunyo

Olimlar ichak bakteriyasining COVIDdan o`lim darajasiga ta`sirini aniqladi

'Olimlar ichak bakteriyasining COVIDdan o`lim darajasiga ta`sirini aniqladi'ning rasmi

Nagoya universitetining olimlari inson tanasida Collinsella ichak bakteriyasining mavjudligi va ushbu bakteriya COVIDdan o`lim darajasiga ta`sir qilishini aniqladi. Bu haqda Innovasion rivojlanish vazirligi Axborot xizmat The Japan Times gazetasi saytida e`lon qilingan tadqiqot natijalariga tayanib xabar berdi.

Tadqiqotchilar Collinsella o`t kislotasini ursodeoksixol kislotasiga aylantira oladi, degan xulosaga kelishdi. Bu esa COVIDning hujayra reseptorlari bilan bog`lanishiga to`sqinlik qiladi.

Mutaxassislarning fikriga ko`ra, ichaklarda bu bakteriyalarning ko`pligi virusning faolligini bostirishi, kasallikning engil o`tishi va o`lim foizining kamayishini ta`minlaydi.

O`z farazlarini tasdiqlash uchun universitet xodimlari koronavirus infeksiyasidan o`lim darajasi turlicha bo`lgan mamlakatlardan kelgan 953 kishini tekshirishdi.  

Natijada, o`lim darajasi past deb hisoblangan Yaponiya, Koreya Respublikasi va Finlyandiyalik tadqiqot ishtirokchilarining 34-61 foizida ichak bakteriyalarining katta konsentrasiyasi aniqlangan. O`lim darajasi yuqori bo`lgan Belgiya, Buyuk Britaniya, Italiya va AQShda yashovchilarda 4-18% hollarda konsentrasiya aniqlangan.

    Boshqa yangiliklar