Amerika Jons Xopkins universiteti ma`lumotlariga ko`ra, payshanba kuni ertalab dunyoda COVID-19 koronavirusi bilan kasallanganlar soni 362 467 496 nafarga etdi. Bu haqda Worldometer xabar bermoqda.
Pandemiya boshlanganidan buyon 5 626 855 kishi vafot etgan.
Kasallanganlar va vafot etganlar soni bo`yicha etakchilikni Amerika Qo`shma Shtatlar egallab turibdi, u erda COVID-19 bilan kasallanganlar soni 72 910 136 nafar, vafot etganlar soni 876 065 nafarni tashkil qildi.
Hindiston kasallanganlar soni bo`yicha ikkinchi o`rinda turadi, jami holatlar soni 40,371,500 ga etdi va virus infeksiyasi oqibatlaridan vafot etganlar soni 491,700 ni tashkil qiladi.
Uchinchi o`rinda Braziliya joylashgan bo`lib, u erda 24 560 093 kishi kasallangan, ulardan 624 717 kishi vafot etgan.






