"Manchester Yunayted"ning sobiq hujumchisi Ueyn Runi "Everton"dan tushgan taklifni rad qildi. Buni Runi quyidagicha izohlab berdi.
“Everton” agentimga murojaat qildi. Men taklifni rad etdim. Premer-liganing birorta klubida vaqti kelib ishlashimga ishonaman. Ammo hozircha mening "Derbi Kaunti"dagi ishim bor. Bu eng muhimi", - dedi Runi.
Eslatib o`tamiz, 16 yanvar kuni "Everton"ni boshqargan Rafael Benites iste`foga chiqarilgan edi.






