AsosiySport

To`rt nafar bokschimiz oltin medalga sazovor bo`ldi

'To`rt nafar bokschimiz oltin medalga sazovor bo`ldi'ning rasmi

Bugun Toshkentda davom etayotgan boks bo`yicha U-22 yosh toifasidagi erkaklar va ayollar o`rtasida Osiyo chempionati bahslari o`z yakuniga etadi. Musobaqaning so`nggi kunida 5 nafar qizimiz oltin medallar uchun ringga ko`tarildi.

Jumladan, -48 kg vazn toifasida hamyurtimiz Farzona Fozilova tojikistonlik Sumayya Qosimovaga qarshi ringga ko`tarildi va terma jamoamizga ilk oltin medalni taqdim etdi.

-50 kg vazn toifasidagi bokschi qizimiz Sabina Boboqulova esa Shri-Lanka vakilasiga qarshi kechgan jangda muddatidan avval, ikkinchi raunddayoq g`alabani naqd qildi.

-52 kg vazn toifasida yana bir vakilamiz Feruza Kazakova yaponiyalik Rinka Kinoshitaga hech qanday imkoniyat qoldirmadi.

Nihoyat -63 kg vaznli bokschimiz Mohinabonu Abdullaeva mo`g`ulistonlik raqibasini mag`lub etdi va terma jamoamiz hisobiga to`rtinchi oltin medalni qo`shib qo`ydi.

Faqat, final janglarida qatnashgan hamyurtlarimizdan -54 kg vaznda Nigina O`ktamova boshqa bir mo`g`ulistonlik bokschi qizga imkoniyatni boy berib qo`ydi va kumush medal bilan cheklandi.

    Boshqa yangiliklar