AsosiyJamiyat

Sardor Umurzakov buxorolik ishbilarmonlar muammolarini o`rgandi

'Sardor Umurzakov buxorolik ishbilarmonlar muammolarini o`rgandi'ning rasmi

Kecha, 30 yanvar kuni O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o`rinbosari - investisiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov Buxoro viloyati ishbilarmon doiralari bilan rejadan tashqari uchrashdi.

Mazkur uchrashuv Buxoro shahar aeroportida bo`lib o`tdi, deya xabar bermoqda vazirlik.

Qayd etilishicha, uchrashuvga Buxoro viloyati hokimi B.Zaripov va Bosh prokuratura rahbariyati ham taklif etilgan.

Xususan, viloyatda ishbilarmonlik muhitini shakllantirish omillari, infratuzilmani rivojlantirishning hozirgi holati hamda investisiyalarni jalb etish uchun sanoatning istiqbolli yo`nalishlari ko`rib chiqilgan.

"Tadbirkorlar bilan bo`lib o`tgan to`g`ridan-to`g`ri muloqot viloyatning tuman va shaharlaridagi vaziyatni biznes nuqtai nazaridan o`rganish hamda muayyan holatlar asosida viloyatda xususiy sektorni, investisiyaviy va eksport faoliyatini rivojlantirishga ta`sir ko`rsatadigan tizimli muammolarni ko`rib chiqish imkonini berdi.

Shuningdek, uchrashuv ishtirokchilari xususiy xarakterdagi savollarni ko`tarib, loyihalarni amalga oshirish va eksport operasiyalarini amalga oshirish jarayonida duch kelayotgan muammolar haqida so`zlab berdilar. Jumladan, loyihalarni moliyalashtirish, ayrim sohalarda tadbirkorlar o`rtasida kooperasiyani yo`lga qo`yish, istiqbolli bozorlarga chiqish hamda gaz va elektr ta`minotiga bo`lgan ehtiyoj bilan bog`liq masalalar ko`tarildi.",-deyiladi xabarda.

Tilga olingan masalalarni hal qilish algoritmlari bevosita yig`ilish davomida ishlab chiqilgan va mas`ul rahbarlarga tegishli ko`rsatmalar berilgan.

    Boshqa yangiliklar