Prezident Serdjo Mattarella o`z lavozimida qolish uchun "mas`uliyat hissi"ni his qilganini aytdi.
Qayd etilishicha, koalisiyadagi partiyalar bu lavozimga mos keluvchi nomzod bo`yicha kelisha olmaganidan, murosa qila olmaganidan keyin, Matarella ikkinchi muddatga saylanishga rozi bo`lgan. Bu haqda BBC yozmoqda.
80 yoshli qariya Rimda olti kun davom etgan keskin saylovdan so`ng eng ko`p ovozga erishgan.
Ma`lumotlarga ko`ra, u avvaliga o`z lavozimini tark etish istagini bildirgan, biroq bosh vazir Mario Dragi uni Italiyaning "barqarorligi" uchun qolishi kerakligiga ishontirgan.
Shanba kuni bo`lib o`tgan ovoz berishning sakkizinchi bosqichidan so`ng, u rasman qayta saylandi.






