Ushbu hafta davomida O`zbekiston bo`yicha ob-havoni keskin o`zgarishi kutilmaydi. Bu haqda O`zbekiston Gidrometeorolgiya xizmati xabar qilmoqda.
Ma`lum qilinishicha, 31 yanvar va 1-4 fevral kunlarida respublika hududi bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat 2 fevralda janubiy hududlarda biroz yomg`ir yog`adi.
Kechasi va ertalab ba`zi joylarga tuman tushishi kuzatiladi. Shamol asosan kuchsiz bo`ladi.
Kechalari harorat 0-5° iliq atrofida, ba`zi joylarda 2° sovuqqacha, shimolda hafta boshida 4-° sovuqqacha bo`ladi.
Dushanbadan payshanbagacha kunduz kunlari 5-10° iliq atrofida, ba`zi joylarda 12° iliqqacha bo`ladi.
Juma kuni er bosimining keskin pasayishi boshlanadi va harorat 11-14° iliqqacha, janubda 15-17° iliqqacha ko`tariladi. Respublika bo`yicha ba`zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.






