AsosiyDunyo

AQShda yuz bergan yong`in tufayli minglab odamlar evakuasiya qilindi

'AQShda yuz bergan yong`in tufayli minglab odamlar evakuasiya qilindi'ning rasmi

AQShning Shimoliy Karolina shtatidagi o`g`it zavodida kuchli yong`in va portlash xavfi tufayli 2,5 ming xonadondan kamida 6,5   ming kishi evakuasiya qilindi. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda

Agentlik xabariga ko`ra, yong`in seshanbaga o`tar kechasi boshlangan, bu vaqtga kelib zavodda ishchilar bo`lmagan.

Hodisani bartaraf etish uchun kamida 90 nafar o`t o`chiruvchi, shuningdek, boshqa bo`limlarning favqulodda vaziyatlar xodimlari jalb qilingan.

    Boshqa yangiliklar