Janubiy Koreyada pandemiya boshlanganidan buyon birinchi marotaba rekord ko`rsatkich qayd etildi. Bu haqda "Interfaks" xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, bir sutkada kasallanganlar soni pandemi boshlanidan beri ilk marotaba 18,3 mingdan ziyodni tashkil qilgan. Avvalgi ko`rsatkich 17 mingtani tashkil qilgan edi.
Shuningdek, bir sutkada vafot etganlarning soni esa 17 kishini tashkil qilgan.
O`tgan hafta davomida mamlakatda qayd etilgan koronavirus infeksiyasining 80 foizida "omikron" shtammi aniqlangan.
Mamlakat sog`liqni saqlash tashkiloti xabariga ko`ra, tez orada sutlik kasalliklar soni 20 mingdan ortishi mumkin.






