O`tgan hafta Moskva viloyatida joylashgan "Maxima Stables" ot sporti klubida "Maxima Masters" hamda "Maxima Masters Team" musobaqalarining II-bosqichi bo`lib o`tdi.
30 yanvar kuni o`tkazilgan ot sportining konkur yo`nalishi bo`yicha "Maxima Masters" musobaqasi 2-bosqichida O`zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi hamda iqtidorli sportchi Begzod Qurbonov belgilangan marshrutni muvaffaqiyatli bosib o`tdi. Bu haqda Zamon.uz' yozmoqda.
Qayd etilishicha, chavandoz balandligi 140 sm bo`lgan to`siqdan "King Cornett" laqabli otida yaxshi natija ko`rsatgan.






