Toshkent mahallalari YuNESKO Butunjahon madaniy merosi ro`yxatiga kiritildi

Madaniyat 04.02.2022, 11:11
Toshkent mahallalari YuNESKO Butunjahon madaniy merosi ro`yxatiga kiritildi

Toshkent mahallalari YuNESKO Butunjahon madaniy merosining Dastlabki ro`yxatiga kiritildi. Bu haqda Mass-media fondi Vasiylik kengashi raisi o`rinbosari Saida Mirziyoeva o`zining telegram kanalida e`lon qildi.

Xabarda shunday deyiladi:

– Eski shahar mahallalari madaniy qatlamlarini saqlab qolish bo`yicha dastlabki qadamlar 2019 yilda, Venesiya arxitektura Biennalesida taqdim etilgan "Mahalla: shahar va qishloq hayoti" loyihasi ishlab chiqilganda amalga oshirilgan edi.  Mahallalarimiz xalqaro ekspertlar tomonidan eko-arxitekturani tiklash, zamonaviy shaharlarni ommaviy urbanizasiyadan asrash, shuningdek, ijtimoiy qadriyatlar va jamoaviylikni saqlab qolish usuli sifatida e`tirof etildi.

Madaniyat va san`atni rivojlantirish jamg`armasi YuNESKO bilan hamkorlikda etakchi olim, mutaxassis, arxitektor va tadqiqotchilarni birlashtirdi. Oldimizdan oqqan suvni, ya`ni mahallaning tarixiy qadr-qimmatini, milliy madaniy o`ziga xosligini  anglay boshlaganimizdan juda xursandman.  

Tabiiyki, ushbu hududda hech qanday investisiya qurilish loyihalarini amalga oshirishga ruxsat bo`lmaydi.  

Toshkentning yuragi bo`lgan qadimiy Zarqaynar ko`chasi taqdiriga samimiy qayg`urayotgan barchaga - jamoatchilik vakillari, faollar, jurnalist va blogerlarga minnatdorchilik bildiramoqchiman. Shuningdek, mahallani asrab qolish loyihasini qo`llab-quvvatlagani va uni Butunjahon tabiiy va madaniy merosi dastlabki ro`yxatiga kiritgani uchun YuNESKO tashkilotiga minnatdorchilik bildiramiz.

Mahallani asrab-avaylash masalasida jamoatchilik mas`uliyati va ongli yondashuviga tayangan holda, ushbu yo`nalishda ilmiy-restavrasiya ishlarini davom ettiramiz.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1