Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo`g`an va uning turmush o`rtog`i koronavirusning “omicron” shtammiga chalindi. Bu haqda uning o`zi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma`lum qildi.
“Bugun engil alomatlardan keyin xotinim bilan topshirgan COVID-19 testimiz natijasi ijobiy chiqdi. Bizda engil o`tayotgan kasallik “omicron” ekani ma`lum bo`ldi”, degan Erdo`g`an.
Prezident ishini uyda davom ettirayotganini qo`shimcha qilgan.






