Angliya kubogi 1/8 final bosqich o`yinlariga qur`a tashlandi.
Unga ko`ra, "Liverpul" yana o`z maydonida "Norvich"ni qabul qiladi. "Manchester Siti" esa mehmonda quyi liga ishtirokchisi "Piterboro" bilan bahslashadi. "Chelsi" esa keyingi bosqich masalasi uchun "Luton Taun" mehmoni bo`ladi.
Angliya kubogi 1/8 final juftliklari quyidagicha ko`rinish olgan:
"Liverpul" – "Norvich"
"Luton" – "Chelsi"
"Kristal Pelas" – "Stok Siti"
"Piterboro" – "Manchester Siti"
"Sauthempton" – "Vest Hem"
"Midlsbro" – "Tottenhem"
"Nottingem Forest" – "Haddersfild"
"Everton" – "Borhem Vud"






