AsosiySiyosat

Senat raisi Fatma Aksal boshchiligidagi Turkiya delegasiyasi bilan uchrashdi

'Senat raisi Fatma Aksal boshchiligidagi Turkiya delegasiyasi bilan uchrashdi'ning rasmi

7 fevral kuni Oliy Majlis Senati Raisi, Gender tenglikni ta`minlash masalalari bo`yicha komissiyasi raisi Tanzila Narbaeva mamlakatimizga tashrif buyurgan Turkiya Respublikasi Buyuk millat majlisi Imkoniyatlarda gender tenglik komissiyasi raisi Fatma Aksal boshchiligidagi delegasiya bilan uchrashdi. Bu haqda Senat Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Senat Raisi T. Narbaeva davlatimizda amalga oshirilgan tub siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, shuningdek gender tenglikni ta`minlash borasida amalga oshirilgan ishlarga to`xtalib,  so`nggi yillarda O`zbekiston va Turkiya o`rtasida barcha sohalarda, shu jumladan, parlamentlar o`rtasida hamkorlik yangi bosqichga ko`tarilganini ta`kidladi.

Uchrashuvda ikki mamlakat o`rtasida parlamentlararo hamkorlik holati va istiqbollari muhokama qilindi hamda gender tenglikni ta`minlash va xotin-qizlar manfaatlarini himoya qilish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

F. Aksal mamlakatimiz yutuqlari, davlatlarimiz o`rtasidagi qardoshlik rishtalarini yanada mustahkamlanib borayotganini ta`kidlab, bugun O`zbekiston va Turkiya ishonchli strategik hamkor mamlakatlar hisoblanishini qayd etdi.

Mamlakatimizda xotin-qizlar masalalariga e`tibor kuchaygani, davlatimizda teng imkoniyatlar, mehnat va turmush sharoitlarini yaxshilash, xotin-qizlarga nisbatan zo`rovonlik holatlarini bartaraf etish, imkoniyati cheklangan shaxslarni qo`llab-quvvatlash bo`yicha amaliy ishlar olib borilgani hamda  2021 yilda Markaziy Osiyo etakchi ayollari muloqotiga O`zbekiston raislik qilgani alohida ta`kidlandi.

Uchrashuvda savdo-iqtisodiy, investisiyaviy va boshqa sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash, ikki mamlakat uchun har javhalarda ustuvor bo`lgan, jumladan xotin-qizlarning iqtisodiy yo`nalishdagi o`zaro hamkorligini o`rnatish, mamlakatlar hududlari o`rtasida to`g`ridan-to`g`ri aloqalarini yo`lga qo`yish maqsadida qo`shma loyiha va dasturlarni amalga oshirish orqali samarali hamkorlikni kengaytirishga kelishib olindi.

Shuningdek, uchrashuvda o`zaro qiziqish uyg`otgan boshqa masalalar ham muhokama qilindi.

    Boshqa yangiliklar