1

Qoraqalpog`istonda qurilish sohasida 30 mlrd. so`m talon-taroj qilingani aniqlandi

Iqtisodiyot 17.02.2022, 16:25
Qoraqalpog`istonda qurilish sohasida 30 mlrd. so`m talon-taroj qilingani aniqlandi

Bu haqda "darakchi.uz"ga DXX Matbuot xizmati xabar qildi. 

Ma`lum qilinishicha, "2018 yildagi investisiyaviy va infratuzulmaviy loyihalar ro`yxatini tasdiqlash to`g`risida"gi PQ-3507-sonli Prezident Qaroriga muvofiq, 2018-2021 yillarda Nukus davlat pedagogika institutining o`quv binolarini yangidan qurish va rekonstruksiya qilish uchun 54,3 mlrd. so`m ajratilishi rejalashtirilgan.  

2018 yilda o`tkazilgan tenderda «Jayhun Universal Qurilish» MChJ g`olib chiqib, u tomonidan 2021 yilning sentyabr oyiga qadar barcha ishlar amalga oshirilishi kerak bo`lgan.

Ammo, zarur mablag`lar davlat byudjetidan ajratilganiga qaramasdan, rejalashtirilgan ishlar belgilangan muddatda yakuniga etmagan.

Aniqlanishicha, pudratchi «Jayhun Universal Qurilish» MChJ va buyurtmachi hisoblangan Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashining «Yagona buyurtmachi xizmati» injiniring kompaniyasi mansabdor shaxslari o`zaro til biriktirgan holda, tegishli hujjatlarni soxtalashtirish yo`li bilan 12,7 mlrd. so`m miqdordagi pul mablag`larini talon-taroj qilishgan.

Aniqlangan holat yuzasidan «Jayhun Universal Qurilish» MChJ hamda Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashining «Yagona buyurtmachi xizmati» injiniring kompaniyasi mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat Kodeksining 167 va 209-moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Boshqa holatda esa buyurtmachi «Qishloq qurilish invest» MChJ injiniring kompaniyasi Qoraqalpog`iston filiali va 7 ta pudratchi tashkilotlar mansabdor shaxslari o`zaro til biriktirib, 2020 yilda Qoraqalpog`iston Respublikasida ko`p qavatli uy-joylar qurish uchun ajratilgan byudjet mablag`ining 17,5 mlrd. so`mini talon-taroj qilganliklari aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan ham qo`zg`atilgan jinoyat ishi doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1