Telegram asoschisi Pavel Durov messenjer ishida kuzatilayotgan nosozlieea izoh berdi:
— Bugungi voqealar sabab Telegramning Evropa klasteri misli ko`rilmagan yuklamaga duch keldi. Natijada, ayrim foydalanuvchilar Telegramning bir qator xizmatlarida vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli uzilishlarga duch kelishlari mumkin.
Biz bugungi kunda odamlarga o`z yaqinlari bilan ishonchli muloqotga har qachongidan ham ko`proq ehtiyoj borligini tushunamiz va xabarlarni jo`natish va qabul qilish tezligini yuqori darajada ushlab turish uchun qo`limizdan kelganini qilamiz.