1

Shifokorlar uchun “Ayol qalbi” filmining namoyishi tashkil etiladi

Madaniyat 25.03.2022, 18:58
Shifokorlar uchun “Ayol qalbi” filmining namoyishi tashkil etiladi

Ertaga Kinochilar uyida Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan suratga olingan rejissyor Jamila Po`latovaning “Ayol qalbi” badiiy filmining sog`liqni saqlash xodimlari uchun katta namoyishi o`tkaziladi.  

Yaqinda Davlat rahbarining shifokorlar bilan uchrashuvida ushbu serzahmat kasb sohiblari haqida  filmlar yaratish va ularni xalqimizga namoyish etish masalasiga alohida e`tibor qaratildi. So`ngi yillarda Kinematografiya agentligi buyurtmasi bilan shifokorlar hayoti va faoliyati aks etgan 10 dan ortiq badiiy va hujjatli film yaratildi. "Ayol qalbi" ham ushbu soha vakillari haqida bo`lib, unda kasbiga sodiq shifokor ayol taqdiri xaqida hikoya qiladi.  

Ssenariy mualliflari Jamilaxon Po`latova va Zulfiya Yo`ldosheva, postanovkachi rejissyor Jamilaxon Po`latova, operatorlar Dilmurod Turdiboev, Diyor Ismatov, postanovkachi rassom Erkin Xushmatov, kompozitorlar Shuhrat Zokirov, Sardor Ergashev, kartina direktori Muzaffar Sa`dullaev.

Rollarda: Ra`no Shodieva, Dildora Umarova, Ulug`bek Yunusov, Gulchehra Jamilova, Ulug`bek Rustamov, Zuhra Ashurova, Ra`no Yarasheva va boshqalar.

Film namoyishi soat 15.00da boshlanadi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1