1

Chevrolet Tracker-2 qanday ishlab chiqariladi? (video)

Iqtisodiyot 13.04.2022, 16:13
Chevrolet Tracker-2 qanday ishlab chiqariladi? (video)

"UzAuto Motors" AJ joriy yilning yozida Chevrolet Tracker-2 avtomobilini ishlab chiqarishni yo`lga qo`yishni rejalashtirmoqda.

Avtomobil LED yoritgichli kunduzgi chiroqlar, rangli 8 dyumli sensor displey Chevrolet MyLink, 6 dinamikli multimedia tizimi, ko`pfunksiyali rul, kondisioner, panoramali lyuk va orqa oyna istish tizimi, old va orqa oyna elektropodyomnik bilan jihozlangan.

Chevrolet Tracker-2 avtomobili 6 ta xavfsizlik yostiqchalari, orqa ko`rinish kamerasi, shinalar bosimi monitoringi tizimi, barqarorlikni nazorat qilish tizimi (ESP), tormoz (ABS) tizimi, tepalikka ko`tarilishga yordam tizimi (HSA), orqa parktroniklarva bolalar o`rindig`i Isofix xavfsizlik texnologiyalariga ega.

"UzAuto Motors" Chevrolet Tracker-2 avtomobilini ishlab chiqarish jarayonini ko`rsatishga qaror qildi.

Ma`lumot uchun: Tasvirga olish ishlari avtomobillarni sinov tariqasida ishlab chiqarish jarayonidan olib borilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1