AsosiyJinoyat

Toshkent va Namanganda giyohvandlik kontrabandasiga chek qo'yildi

Transmilliy jinoiy uyushma tashkilotchisi ushlandi.

'Toshkent va Namanganda giyohvandlik kontrabandasiga chek qo'yildi'ning rasmi

Toshkent va Namangan viloyatlarida transmilliy jinoiy uyushma faoliyatiga chek qo'yildi

Ichki ishlar vazirligi ma'lumotiga ko'ra, huquq-tartibot idoralari tomonidan o'tkazilgan tezkor tadbirlar davomida 26 kilogrammdan ortiq giyohvand moddalarning kontrabanda yo'li bilan olib kirilishi to'xtatildi.

Toshkent viloyati Qibray tumanida o'tkazilgan tadbirda ikki nafar gumondor 21,5 kilogramm hashish, opiy va metамfetamin moddalarini olayotgan vaqtda qo'lga olingan.

Tergov davomida ular 1972 yilda tug'ilgan shaxs topshirig'i asosida harakat qilgani aniqlangan. Ushbu shaxs qo'shni davlat fuqarosi bilan til biriktirib, narkotik moddalarni O'zbekiston hududiga olib kirish bilan shug'ullangani ma'lum qilingan.

Shuningdek, Namangan viloyatida o'tkazilgan yana bir tezkor tadbirda 1963 yilda tug'ilgan, ilgari sudlangan shaxs 5 kilogramm hashishni olayotgan vaqtda ushlangan.

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

    Boshqa yangiliklar