AsosiyDunyo

Xitoylik erkak ozish uchun boshida 40 kilogrammli toshni ko`tarib yurdi

Xitoyning Girin viloyatida yashovchi erkak oxirgi to`rt yil mobaynida har kuni boshiga 40 kilogrammli toshni qo`yib piyoda sayr qilgan, deb xabar beradi “Lenta.ru” nashri.

54 yoshli Sun Yan har kuni boshiga 40 kilogrammli toshni qo`ygancha, uch kilometr piyoda yo`l bosadi. Avvaliga u boshida 15 kilogrammli toshni ko`tarib yurdi, mashqlar davomida toshning og`irligini ko`paytirgan. Ammo tosh ko`tarish jarayonida erkakning necha kilogrammga ozganligi haqida so`z yuritilmaydi. 

Sun bundan bir necha yillar muqaddam bo`yi 163 santimetr bo`lishiga qaramay, vazni 115 kilogrammga etganidan keyin jismoniy mashqlarni bajarishga kirishgan. “Tabletka ichib ozgandan ko`ra, o`zimni sportda sinab ko`rmoqchi bo`ldim”, deydi u.

Sun Yan o`zining ozish uchun o`ylab topgan g`alati usuli bilan Ginnesning rekordlar Kitobiga kirishni rejalashtirgan.

 

    Boshqa yangiliklar