O`zbekiston Rossiyaga ehtiyot qismlari etkazib beryapti. Bu haqda UzAuto boshqaruvi raisi o`rinbosari Azizbek Shukurov ma`lum qildi.deya yozmoqda "Zamon" nashri
Uning so`zlariga ko`ra, hozirda AvtoVAZ, GAZ va Stellantis’ga tashqi yoritish moslamalari, kabel-o`tkazgich mahsulotlari va kuzov detallari sotilmoqda.
Shukurov Toshkent takliflar uchun ochiqligini aytgan.
Bundan tashqari, sanksiyalar tufayli boshqa avtozavodlar kabi O`zbekiston ham Rossiyada avtomobil ishlab chiqarish maydonlarini yopgan. Bunga asosan turli komponentlar etishmasligi sabab bo`lmoqda.
Asosan, logistika va sanksiyalar tufayli ehtiyot qismlari etishmovchiligi kuzatilyapti.
Avvalroq “UzAuto Motors” eng yaxshi xodimlarini taqdirlagani to`g`risida xabar berilgandi.






