2022 yilning yanvar-mart oylarida O`zbekistonda 68 905 dona engil avtomobillar ishlab chiqarilgan. Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, ishlab chiqarish hajmi 2021 yilning mos davri bilan solishtirganda 24451 taga oshgan.
Qayd etilishicha, 2022 yilning yanvar-mart oylarida O`zbekiston Ozarbayjon, Tojikiston, Koreya va Livanga 58 dona engil avtomobillarni eksport qilgan. Bu ko`rsatkich 2021 yilning mos davri bilan solishtirilganda 8763 taga kamaygani aytiladi.
Xo`sh qancha mashina import qilingan?
Ma`lum qilinishicha, 2022 yilning yanvar-mart oylarida 21 ta xorijiy davlatlardan qiymati 189,3 mln. AQSh dollariga teng bo`lgan 8 508 ta engil avtomobil import qilingan. Engil avtomobillar importi 2021 yilning mos davri bilan solishtirilganda 5 361 taga yoki 2,7 barobarga oshgani qayd etilgan.