Endilikda keksalar va nogironligi bo`lgan shaxslarga sanatoriylarda davolanish uchun yo`llanmalar faqat DXM yoki YaIDXP (my.gov.uz) orqali beriladi.
🔰Yo`llanmalar quyidagi toifadagi keksalar va nogironligi bo`lgan shaxslarga beriladi:
1. Urush nogironlariga va qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslar;
2. Halok bo`lgan harbiy xizmatchilarning yangi nikohdan o`tmagan beva xotinlari (beva erlari);
3. Respublika ahamiyatiga molik shaxsiy pensiya oluvchi shaxslar;
4. Chernobil AES halokati oqibatida nurlanish kasalligiga chalingan va uni boshidan kechirgan shaxslar, shuningdek, Chernobil halokati sababli nogiron bo`lib qolgan shaxslar;
5. Yadro poligonlari va boshqa radiasiya-yadro ob`ektlarida harbiy xizmatni o`tagan pensiya yoshidagi shaxslar;
6. I va II guruh nogironligi bo`lgan shaxslar, ko`zi ojiz I guruh nogironini kuzatib boruvchi shaxs;
7. O`zgalar parvarishiga muhtoj yolg`iz keksalar;
8. Yoshga doir pensiya oluvchilar.
Eslatib o`tamiz, davlat xizmatlari ko`rsatilganligi uchun yig`im undirilmaydi.