O`zbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi 17,2 mlrd. AQSh dollariga teng bo`ldi. Bu haqda Davlat statistika qo`mitasi ma`lumot berdi.
Unga ko`ra, 2022 yilning yanvar-aprel oylarida O`zbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi 17,2 mlrd. AQSh dollariga teng bo`lgan. Bu o`tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 6,5 mlrd. AQSh dollariga yoki 61,2 % ga oshganini bildirishi aytiladi.
Tashqi savdo aylanmasi – 17,2 mlrd. AQSh dollari.
Eksport – 7,1 mlrd.
- mahsulotlar – 6,2 mlrd.
- xizmatlar – 837 mln.
Import – 10,1 mlrd.
- mahsulotlar – 9,4 mlrd.
- xizmatlar – 727 mln.
Saldo – -3 mlrd.