Taniqli farg`onalik fermer ayol Lola Murotova vafot etgan haqida xabar tarqaldi. Rasmiy ma`lumot berildi

Jamiyat 21.05.2022, 11:12
Taniqli farg`onalik fermer ayol Lola Murotova vafot etgan haqida xabar tarqaldi. Rasmiy ma`lumot berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda O`zbekiston Qahramoni, Oltiariq tumanidagi "Nurli obod" fermer xo`jaligi rahbari Lola Murotovaning vafot etganligi to`g`risida yolg`on xabarlar tarqatilmoqda.

Holat yuzasidan Viloyat sog`liqni saqlash boshqarmasi Axborot xizmati tomonidan ma`lumot taqdim jtildi.

Lola Murotova ayni paytda viloyat shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida og`ir stabil ahvolda bo`lib, Respublikamizning tajribali shifokorlari tomonidan kerakli muolajalar olib borilmoqda.

"Ijtimoiy tarmoq faollaridan noto`g`ri xabarlar tarqatmaslikni so`rab, Lolaxon opaga Allohdan shifo so`raymiz", - deyiladi xabarda.

Eslatib o`tamiz, sal avval Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov Lola Murotovaning betob bo`lib qolgani haqida xabar qilgan edi. Davlat rahbari Farg`onaga tashrifi chog`ida fermer ayolning betobligidan qayg`uda ekanini bildirgan.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1