AsosiySOG'LIK

Italiyalik travmatolog o`zbekistonlik hamkasblari bilan noyob operasiyalar o`tkazdi

Kechagina dunyoning boshqa nuqtasida qo`llanilgan innovasion muolaja usulini qisqa muddatd...

'Italiyalik travmatolog o`zbekistonlik hamkasblari bilan noyob operasiyalar o`tkazdi'ning rasmi

Kechagina dunyoning boshqa nuqtasida qo`llanilgan innovasion muolaja usulini qisqa muddatda O`zbekistonda tatbiq etishda xorijiy hamkorlik masalasi o`ta muhim. Shu bois, Italiyaning Ravenna shahridagi “Santa Maria delle Croci” gospitali rahbari, Emiliya-Romanya hududi bosh travmatologi Alberto Belluatini mamlakatga taklif etildi. Bu haqda SSV xabar bermoqda. 

Vazirlik xabariga ko`ra, taniqli shifokorning tashrifi kutilganidek samarali bo`ldi. U O`zbekistonga safari davomida Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida bo`lib, to`rt nafar bemorda yuqori texnologik murakkab operasiyalar o`tkazgani aytiladi.

"Aslida chanoq-son bo`g`imlarini endoprotezlash amaliyoti muassasa mutaxassislari uchun yangilik emas",-deydi vazirlik.

Qayd etilishicha, bu borada shifokorlarimiz katta tajriba va salohiyat to`plagan. Ammo bu galgi bemorlarning holati ancha murakkab bo`lgan.

"Masalan, ulardan biriga “ikki tomonlama koksartroz, koronavirusdan so`nggi sindrom, ikkala son suyaklari boshchalarining aseptik nekrozi” tashxisi qo`yilgan edi. Italiyalik shifokor o`zbekistonlik hamkasblari ishtirokida bu dardni davolash uchun noyob amaliyot o`tkazishga qaror qildi. Natijada bir vaqtning o`zida bemorning ikkala chanoq-son bo`g`imiga zamonaviy endoprotez moslamalari o`rnatildi. Ikki soat davom etgan operasiya muvaffaqiyatli o`tdi",-deyiladi xabarda.

Ma`lum qilinishicha, Alberto Belluatini tomonidan 20 nafardan ortiq bemorlar konsultasiya qilingan. Markazning reabilitasiya, artroskopiya, sport travmatologiyasi, jarohatlar oqibati hamda kattalar travmatologiyasi bo`limlarida tibbiy ko`riklari tashkil qilingan.

Shuningdek, Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining “Santa Maria delle Croci” gospitali bilan hamkorlik aloqalarini yo`lga qo`yish yuzasidan muzokaralar olib borilgani aytiladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Kongoda Ebola tizginlanmayapti: aviaqatnovlar to‘xtatildi, virus esa tarqalishda davom etmoqda'ning rasmi

    SOG'LIK 25.05.2026 04:04

    'Oddiy nafas bilan stressni kamaytirish usullari'ning rasmi

    SOG'LIK 18.05.2026 07:12

    Oddiy nafas bilan stressni kamaytirish usullari

    Nafas mashqlari stressni bir necha daqiqada kamaytirishi mumkinligi ilmiy tadqiqotlarda tasdiqlanmoqda.

    'Ebola: kam uchraydigan, ammo juda xavfli virus'ning rasmi

    SOG'LIK 18.05.2026 06:53

    Ebola: kam uchraydigan, ammo juda xavfli virus

    Ebola virusi nima va u qanday tarqaladi?

    'Hantavirus nima va u qanday yuqadi?'ning rasmi

    SOG'LIK 18.05.2026 06:31

    Hantavirus nima va u qanday yuqadi?

    Hantavirus asosan kemiruvchilarda uchraydigan virus bo‘lib, insonga ularning siydigi, axlati yoki so‘lagi orqali yuqadi.

    'Miyani uzoq yillar faol saqlashga yordam beruvchi 3 oddiy odat'ning rasmi

    SOG'LIK 18.05.2026 06:10

    Miyani uzoq yillar faol saqlashga yordam beruvchi 3 oddiy odat

    Mutaxassislar bunga yordam beruvchi 3 asosiy usulni tavsiya qildi.

    '- Darakchi.uz'ning rasmi

    SOG'LIK 17.01.2026 10:58