Rossiya prezidenti Vladimir Putin aprel oyida saraton kasalligidan davolangani ma`lum qilindi. Bu haqda AQSh razvedkasining maxfiy hisobotiga tayanib, "Deutsche Welle" xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, maxfiy hisobotda mart oyida Putinga uyushtirilgan suiqasd haqida ham ma`lumot berilgan. "Putinning kuchi bor, ammo mutlaq emas. Uning Kremldagi butun hukmronligi davrida hech qachon bunday shiddatli kurash bo`lmagan, hamma yakun yaqinligini his qilmoqda", — deydi manbalardan biri.
Qayd etilishicha, ayni paytda Rossiya etakchisining izolyasiyada ekani AQSh maxsus xizmatlariga Putinning sog`lig`ini to`g`ri baholashni qiyinlashtirmoqda. "Bizning eng yaxshi razvedka manbalarimizdan biri Ukrainadagi urush natijasida kuchsizlanib qoldi", — deydi Pentagon razvedka xizmati vakillaridan biri.
Keltirilishicha, oxirgi oylarda Ukrainadagi urush fonida ommaviy axborot vositalarida Putinning sog`lig`i yomonlashgani haqida bir necha bor taxminlar paydo bo`lgan. 2022 yil may oyida Rossiya prezidenti saraton kasalligiga chalinganini, xususan, u bilan shaxsan ishlagan rejissyor Oliver Stoun tomonidan omma oldida tilga olingan. "Proekt" nashri esa Putinga safarlarda shifokorlar guruhi, jumladan, onkologik kasalliklar va qalqonsimon bez muammolari bo`yicha mutaxassislar hamrohlik qilayotganini yozgan.





