O`zbekistonning AQSh va Braziliyadagi (o`rindoshlik asosida) Favqulodda va Muxtor Elchisi Javlon Vahobov Braziliya vise-prezidenti Gamilton Muraoga ishonch yorliqlarini topshirdi.
Ushbu tadbir munosabati bilan Braziliya prezidenti saroyida O`zbekiston Respublikasining davlat bayrog`i tantanali ravishda ko`tarildi, faxriy qorovul saf tortdi, harbiy orkestr tomonidan O`zbekiston davlat madhiyasi ijro etildi.
Eslatib o`tamiz, Braziliya 1993 yilda O`zbekiston bilan diplomatik aloqalar o`rnatgan birinchi Lotin Amerikasi davlati bo`lgan edi.