1

Qurbon Hayiti munosabati bilan O`zbekistonda bir qator chegirmalar e`lon qilindi

Jamiyat 24.06.2022, 09:00
Teglar: Qurbon Hayiti
Qurbon Hayiti munosabati bilan O`zbekistonda bir qator chegirmalar e`lon qilindi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 12 dekabrdagi “2022 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo`shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko`chirish to`g`risida”gi PF-35-son Farmoni 4-bandi ijrosi yuzasidan Turizm va madaniy meros vazirligi tomonidan Qurbon Hayiti bayrami munosabati bilan 2022 yil 9–10–11–12 iyul kunlari aholining dam olish kunlarini maroqli tashkil etish hamda ichki turizmga jalb etish maqsadida tegishli vazirlik va idoralardan respublika bo`ylab belgilangan chegirmalar to`g`risida ma`lumotlar jamlandi. 

Unga ko`ra:

1. “Uzbekistan Airways” AJ Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan 2022 yil 9 iyuldan 12 iyulgacha amalga oshiriladigan barcha mahalliy aviaqatnovlarning barcha turdagi tariflarga 50 foiz chegirma e`lon qiladi.

2. “O`zbekiston temir yo`llari” AJ  respublikaning barcha ichki qatnovlari uchun (2022 yil 9 iyuldan 12 iyulgacha) 10 nafardan 24 nafargacha bo`lgan guruhlarga 10 foiz, 25 va undan ortiq guruhlar uchun 15 foiz chegirma taqdim etdi.

3. “Vaqf” xayriya jamoat fondi tasarrufidagi pullik kirish chiptalari joriy qilingan madaniy meros ob`ektlari (ziyoratgoh va qadamjolar)da joriy yil 9–10–11–12 iyul sanalarida yurtimiz fuqarolari uchun kirish chiptalar narxiga kattalar uchun 20 foiz hamda yoshlar uchun 50 foiz chegirmalar joriy qilindi.

Shu bilan birga, respublika bo`ylab joylashgan muzeylar, mehmonxonalar, ovqatlanish shoxobchalari tomonidan taqdim etilgan ixtiyoriy chegirmalar ilovaga muvofiq yuborilmoqda.

Sharhlar

4 kuni davom etadigan Qurbon Hayiti Turkiyada qay tarzda nishonlanadi?

12.07.2022, 22:18

Qurbon hayiti Islom taqvimiga ko`ra Zulhijja oyining 10-kunida nishonlana boshlagan va to`rt kun davom etgan diniy bayram sifatida tanilgan. Zulhijja oyining 9-kuniga Arafa kuni deyiladi....
Qozog`istonda Qurbon hayiti onlayn o`tkaziladi

13.07.2021, 12:42

2021 yilda Qurbon hayiti va qurbonlik marosimini nishonlash internet orqali bo`lib o`tadi. Bu haqda Olmaota shahrining bosh sanitariya shifokori Jandarbek Bekshin  Mintaqaviy aloqa xizmatining matbuot...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1