Toshkent shahrida koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olishga qarshi qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida Toshkent shahar hokimi qarori imzolandi.
Unga ko`ra, koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish, bemorlarga malakali tibbiy yordam ko`rsatishga qaratilgan profilaktik va epidemiyaga qarshi kechiktirib bo`lmaydigan zaruriy tadbirlarni amalga oshirish maqsadida ilovaga muvofiq poytaxt tumanlarida Ixtisoslashtirilgan maxsus poliklinikalar faoliyati qayta tashkil etiladi.
Eslatib o`tamiz, sal avval O`zbekistonda ham dunyoda ommalashayotgan “Omicron” shtammining yangi mutasiyadagi varianti tarqalayotgani xabar qilingan edi.