Sevimli

Bu yil Prezident maktablariga o`quvchilar qay tartibda saralanadi?

Jamiyat 29.06.2022, 21:12
Bu yil Prezident maktablariga o`quvchilar qay tartibda saralanadi?

Bugun Prezident ta`lim muassasalari agentiligi tomonidan qabul yuzasidan matbuot anjumani tashkil etildi, deya xabar bermoqda Darakchi.uz' muxbiri Oybek Shukurov.

Qayd etilishicha, tadbirda agentlik rahbariyati va qabul komissiyasi a`zolari ishtirok etishgan.

Anjumanda mutaxassislar tomonidan Prezident maktablariga o`qish istagini bildirgan talabgorlar statistiksi, imtihonlarga tayyorgarlik jarayonlari haqida batafsil ma`lumot berilgan.  

Ma`lum bo`lishicha, 2022-2023 o`quv yilida Prezident maktablariga faqat 5 sinfga qabul bo`lib o`tmoqda. Qabul jarayonlari 20 iyun kuni o`z nihoyasiga etgan, tasdiqlangan jami arizalar soni 41930 ta. Imtihonlar natijasiga ko`ra, ulardan jami 336 nafar o`quvchi o`qishga qabul qilinadi.

Mutaxassislarning ta`kidlashicha, imtihonlar ikki bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda o`quvchilar matematika fanidan 30 ta topshiriqdan iborat test savollarini ishlashadi. Belgilangan vazifani bajarish uchun 60 daqiqa vaqt ajratiladi. Birinchi bosqich natijasiga ko`ra, qabul kvotasida belgilangan har bir maktab kesimida 480 nafar talabgorlar ikkinchi bosqichda qatnashadi.  

Iqqinchi bosqichda ahborotni tahlil qilish va solishtirish qobiliyatini aniqlash bo`yicha – mantiq elementlari bo`lgan matematika fanidan 40 ta masala, ingliz tilidan 40 ta test ishlanishi talab etiladi.  

Prezident ta`lim muassasalari agentligi va “Cambridge Assessment International Education”  tashkiloti o`rtaisda hamkorlik shartnomasi tuzilgan bo`lib, unga binoan Prezident maktablariga qabul imtihonlari mazkur tashkilot bilan hamkorlikda o`tkazilishi belgilangan. Qabul imtihonlari yakunlangach o`quvchilar yiqqan ballari haqidagi ma`lumotni “Cambridge Assessment International Education”  tashkilotining rasmiy sahifasi orqali bilib olishlari mumkin.

Nomzodlar barcha toifadagi savollar bo`yicha teng ball to`plasa, ular tug`ilgan sanasi bo`yicha saralanadi, bunda yoshroq nomzodga ustunlik beriladi. Agar bu holatda ham tenglik bo`lsa, qabul kommisiyasi va ta`lim sohasida xizmat ko`rsatuvchi ixtisoslashgan xorijiy tashkilot tomonidan qo`shimcha topshiriqlar beriladi.

Eslatib o`tamiz, bu yilgi imtihonlarning birinchi – saralash bosqichi joriy yilning 1 iyul kuni bo`lib o`tishi rejalashtirilgan.

Sharhlar