1

2021 yilda 6 mln. aholi respublika miqyosida sayyohat qilgan, xorijdan esa qariyb 2 million sayyoh tashrif buyurgan

Jamiyat 30.06.2022, 20:23
2021 yilda 6 mln. aholi respublika miqyosida sayyohat qilgan, xorijdan esa qariyb 2 million sayyoh tashrif buyurgan

AOKAda Turizm va madaniy meros vaziri o`rinbosarlari Botirjon Shahriyorov va Nusratilla Zikrillaev hamda Madaniy meros agentligi direktorining birinchi o`rinbosari Tursunali Qo`ziev ishtirokida bo`lib o`tgan matbuot anjumanida tizimdagi ishlar tahlili haqida ma`lumot berildi, deya xabar bermoqda "darakchi.uz" jurnalisti.

Qayd etilishicha, 2021 yil davomida O`zbekistonga 1 881 345 nafar xorijiy sayyoh tashrif buyurib, turistik xizmatlar eksporti 422,1 mln AQSh dollarini tashkil etdi.  Ichki turizm doirasida esa qariyb 6 mln aholi respublika miqyosida sayyohat qilishgan.

Ma`lumotlarga ko`ra, 2021 yilda hududlarda 133 ta yangi mehmonxona va 210 ta hostel faoliyati yo`lga qo`yilib, jami joylashtirish vositalari soni 1 442 ta ulardagi o`rinlar soni esa 71 247 taga etkazildi. Shuningdek, 1 096 ta oilaviy mehmon uylari tashkil qilinib, ularning umumiy soni 2 458 ta o`rinlar soni 21 018 taga etdi.

Shuningdek, O`zbekiston bo`ylab sayohat qilish xarajatlarining bir qismini qoplash bo`yicha 52 nafar tadbirkorga 451,6 mln. so`m miqdoridagi subsidiya mablag`lari ajratilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1