AsosiyJamiyat

Bu hafta issiq chekinadimi? "O`zgidromet" haftalik ob-havoni e`lon qildi

'Bu hafta issiq chekinadimi? "O`zgidromet" haftalik ob-havoni e`lon qildi'ning rasmi

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati joriy haftada kutilayotgan ob-havo ma`lumotini e`lon qildi. 

Ma`lum qilinishicha, bugun O`zbekiston bo`yicha havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Faqat kechqurun Toshkent viloyati bo`yicha momaqaldiroq bilan biroz qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi ehtimoli bor. Bugun kunning o`rtasiga kelib, termometr ustuni 35-37° ga etadi. Respublika shimolida Volga bo`yi hududlaridan salqin va biroz nam havo massasi kirib kelishi boshlanadi va harorat 26-31° gacha pasayadi.

Ertaga havo massasining kirib kelishi O`zbekistonning barcha hududlariga tarqaladi. Toshkent, Namangan viloyatlarida, respublikaning tog` oldi va tog`li hududlarida kunning birinchi yarmida ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Qolgan hududlarda yog`ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi. Havo harorati kunduzi 30-35° dan yuqori bo`lmaydi.

4-5 iyul kunlari front o`tishida ba`zi joylarda chang-to`zonlari bilan shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Respublikaning ayrim joylarida shamol 23-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.

6 iyuldan 8 iyulgacha O`zbekiston bo`yicha kam bulutli va quruq ob-havo bo`lishi kutilmoqda, faqat ayrim tog` oldi va tog`li hududlarda 6-7 iyul kunlari qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Havo harorati kechalari 17-22°, kunduz kunlari 30-35° atrofida, janubda 37-39° gacha bo`ladi.

Boshqa yangiliklar