AsosiyJinoyat

"Farg`ona xalqaro aeroporti" chegara-bojxona posti boshlig`i qo`lga olindi

'"Farg`ona xalqaro aeroporti" chegara-bojxona posti boshlig`i qo`lga olindi'ning rasmi

Farg`ona aeroportidagi bojxonachilarning noqonuniy faoliyatiga chek qo`yildi. Bu haqda "darakchi.uz"ga DXX matbuot xizmati xabar qildi. 

Ma`lum qilinishicha, "Farg`ona xalqaro aeroporti" chegara-bojxona posti boshlig`i vazifasini bajaruvchi A.S. o`zining bo`ysunuvida bo`lgan xodim X.J. va mahalliy fuqarolar bilan kelishgan holda, moddiy manfaatdorlik evaziga, xorijdan kelayotgan yo`lovchilar nomiga rasmiylashtirilib, olib kelingan juda ko`p miqdordagi tovar qimmatliklarni belgilangan tartibga zid ravishda bojxona nazoratidan o`tkazish bilan shug`ullangan.

Davlat xavfsizlik xizmatining Farg`ona viloyati bo`yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda «Domodedovo – Farg`ona» yo`nalishida Moskva shahridan uchib kelgan 4 nafar yo`lovchi nomiga rasmiylashtirilib, olib kelingan, umumiy qiymati 276,6 mln. so`mlik tovar qimmatliklarni qabul qilib olgan vaqtida fuqarolar - 1991 y.t. A.N. va 1995 y.t. N.A.lar qo`lga olindi. Shuningdek, mazkur tovarlar Farg`ona shahrida yashovchi, 1988 y.t. tadbirkor R.B.ga tegishli ekanligi ma`lum bo`lib, u ham ushlandi.

Tergovga qadar tekshiruv davomida aniqlanishicha, «Farg`ona xalqaro aeroporti» chegara-bojxona posti xodimi X.J. o`zining boshlig`i A.S.ning ko`rsatmasiga asosan ushbu tovar qimmatliklarni belgilangan tartibga zid ravishda bojxona nazoratidan o`tkazib yuborgan.  

Hozirda holat yuzasidan DXX Farg`ona viloyati bo`yicha boshqarmasi Tergov bo`limi tomonidan A.S. va boshqalarga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar