1

O`zbekistonda neft va gaz sohasida klaster tashkil qilindi

Iqtisodiyot 08.07.2022, 16:20
O`zbekistonda neft va gaz sohasida klaster tashkil qilindi

“Neft va gaz sohasida ta`lim-ishlab chiqarish klasterini tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident qarori (PQ–309-son, 07.07.2022 y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi. 

Qaror bilan Neft va gaz sohasidagi ta`lim-ishlab chiqarish klasteri tashkil etildi.

 Neft va gaz sohasida ta`lim, ilm-fan va ishlab chiqarishning o`zaro integrasiyasini ta`minlash ta`lim klasterining asosiy faoliyat yo`nalishlaridan hisoblanadi.

Ta`lim klasteri doirasida:

  • ️ maktab o`quvchilarini ishlab chiqarish korxonalari uchun ustuvor kasblarga yo`naltirish maqsadida:
  • aniq va tabiiy fanlar bo`yicha ixtisoslashtirilgan o`quv rejasi joriy qilinadi;
  • ishlab chiqarish tashkilotlari tomonidan maktab o`quvchilari uchun ekskursiyalar hamda soha faxriylari bilan uchrashuvlar tashkil etiladi;  
  • ️ professional va oliy ta`lim tashkilotlarining o`quv jarayonini ishlab chiqarish korxonalari faoliyati bilan integrasiya qilish yo`nalishida:
  • fan va mavzular amaliyotga yo`naltiriladi;
  • talabalarda mustaqil ta`lim olish ko`nikmalari shakllantiriladi;
  • xorijiy tillarda o`qitiladigan mutaxassislik fanlari ulushi oshiriladi.

 

 2022/2023 o`quv yilidan Ta`lim klasteri tarkibiga kiruvchi:

  • professional va oliy ta`lim tashkilotlarida neft va gaz sohasi bo`yicha tahsil olayotgan iqtidorli o`quvchilar va talabalar uchun ishlab chiqarish korxonalarining stipendiyalari joriy etiladi;
  • ishlab chiqarish korxonalarining kamida 5 yil ish stajiga ega xodimlarini “O`zbekneftgaz” AJning tavsiyanomasi asosida ishlab chiqarishdan ajralmagan holda, keyinchalik o`zi ishlab turgan korxonada kamida 3 yil ishlab berish sharti bilan OTMning bakalavriat ta`lim yo`nalishlari va magistratura mutaxassisliklarida tabaqalashtirilgan to`lov-kontrakt asosida maqsadli o`qitish tartibi joriy etiladi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1