1

15 iyuldan boshlab O`zbekistonda 200 ming so`mlik banknot muomalaga kiritiladi

Iqtisodiyot 13.07.2022, 12:59
15 iyuldan boshlab O`zbekistonda 200 ming so`mlik banknot muomalaga kiritiladi

O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2022 yilning 15 iyulidan boshlab yangi ko`rinishdagi nominal qiymati 200 000 so`m bo`lgan banknot shaklida pul belgilarini muomalaga chiqarilishi to`g`risida qaror qabul qilinganligini ma`lum qildi.

Ma`lum qilinishicha, mazkur banknot mavzusi (tematikasi) “Buyuk Ipak yo`li” hamda mamlakatimiz hududidagi Farg`ona vodiysining qadimiy tarixiga bag`ishlangan.

O`lchami 152 x 69 mm.

Banknotning o`ng tarafida och fonda qadimgi “Buyuk Ipak yo`li”ning ramzi sifatida tuya va “200000” raqami ko`rinishida suv belgilari joylashgan.

Banknotning o`ng tarafida qog`oz qatlamida kengligi 4 mm.li ko`k rangli, “siljish” effektiga, “UZB” yozuviga ega bo`lgan, mikrooptik va mashinada o`qiladigan himoya ipi o`tkazilgan.

Old va orqa tomonlarining asosiy rangi – firuza rangda bo`lib, boshqa ranglar bilan uyg`unlashgan.

Banknotlar himoyalangan qog`ozda chop etilgan bo`lib, old va orqa tomonlari maxsus lak bilan qoplangan.

Banknot old tomoni chap qismida Farg`ona viloyatining Qo`qon shahrida joylashgan “XUDOYORXON O‘RDASI” me`moriy yodgorligi tasvirlangan.

O`zbekiston Respublikasi Markaziy bankining alohida qayd etishicha, 200 000 so`mlik banknotlar, ayni paytda muomalada bo`lgan pul belgilari va tangalar bilan bir qatorda, barcha xo`jalik yurituvchi sub`ektlar va aholi tomonidan o`z qiymati bo`yicha barcha turdagi to`lovlar uchun hech qanday cheklovlarsiz qabul qilinishi shart.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1