AsosiyShou-biznes
13931

Glyuk’oZa Chechenistonda barchani libosi bilan lol qoldirdi (Foto)

U Grozniyga borish uchun ochiq liboslaridan voz kechdi.

30 yoshli Natalya Chistyakova-Ionova (Glyuk’oZa) so`nggi paytlarda internetda ochiq liboslari bilan tanqidga uchramoqda. Ammo, ma`lum bo`lishicha uning liboslar jovonida sipo ko`ylaklar ham bor ekan.

Kuni kecha u Grozniy shahrida uzun va yopiq liboslarda konsert taqdim etdi.

“Men sevimli shaharlarimdan biridaman! Salom, Checheniston! Salom, Grozniy! Har gal meni gulduros qarsaklar bilan iliq kutib olganingiz uchun rahmat!”, – deb yozadi Glyuk’oZa.

«Libosga gap bo`lishi mumkin emas. Molodes», «Bu er u kiyinadigan yagona joy», «Ko`ylagiga gap yo`q. Yalang`och bo`lgandan shunday ko`ringan afzal. Maftunkor», —Glyuk’oZaning muxlislari unga shunday ta`rif berishdi. 

Glyuk’oZa o`zining haddan ziyod ochiq liboslari sababli qaynonasi va turmush o`rtog`i bilan ham doim ziddiyatga boradi.

Boshqa yangiliklar