Chaqaloqning och qolganini aniqlovchi tizim yaratildi

Hi-tech 26.07.2022, 00:06
Chaqaloqning och qolganini aniqlovchi tizim yaratildi

Dasturchi Kaleb Olson ota-onalarga chaqaloqlarda ochlikni aniqlashga yordam beradigan tizimni taqdim etdi. Tizim yig`lashni anglatuvchi ochlikning dastlabki signallariga urg`u beradi, deya yozmoqda Zamon.uz' nashri.

Ta`kidlanishicha, chaqaloq yig`lashdan oldin ochlikni kamroq e`lon qiladi. Bu odatda lablar, qo`llar va boshning xarakterli harakatida o`zini namoyon qiladi. Ota-onalar bu imo-ishoralarni sezmaydilar va ochlik haqida faqat yig`lagandan keyin bilib qolishadi. Shu sababli, ishlab chiquvchida bolani kuzatib boradigan va mazkur signallarning yuzaga kelgani haqida xabar beradigan tizimni yaratish g`oyasi tug`ildi.

Kuzatuv qurilmasi uchun kamerali chaqaloq monitoridan foydalanilgan, loyihaning dasturiy qismi Google MediaPipe kutubxonasi yordamida amalga oshirilgan. Olson tizimga chaqaloqning ochlik imo-ishoralarini hisobga olishga o`rgatdi va ularning har biriga ustuvorlik berdi. Natijada, tizim bolaning xarakterli xatti-harakatlarini o`qiydi va ota-onalarga uni ovqatlantirish vaqti kelganligi haqida xabar beradi. Bu keraksiz yig`lashni deyarli butunlay oldini oladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1