1

Ijtimoiy tarmoqda "qo`lma-qo`l" bo`layotgan “Jadidlar” kitoblar to`plamini nashr etish xarajati qanchaga tushgani ma`lum qilindi

Jamiyat 26.07.2022, 10:19
Ijtimoiy tarmoqda "qo`lma-qo`l" bo`layotgan “Jadidlar” kitoblar to`plamini nashr etish xarajati qanchaga tushgani ma`lum qilindi

So`nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda ko`plab soha vakillari o`z sahifalarida “Jadidlar” kitoblar to`plamini sovg`a tariqasida olganliklari haqida post qoldirishmoqda. Bu bir tomondan fuqarolar o`rtasida kitobga qiziqishning oshib borayotganiga sabab bo`layotgan bo`lsa, ikkinchi tomonidan bu kitoblar to`plami kim tomonidan qancha mablag` evaziga nashr etilgani haqida savollar tug`dirmoqda. Mazkur savollarga kitoblar to`plamini sovg`a tariqasida yuborayotgan Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa`dullaev javob berdi. 

Ma`lum qilinishicha, “Jadidlar” kitobi to`plamini tayyorlash va 23 ming (har bir to`plamda 8 ta kitob jami 184 mingta) nusxada chop etish uchun Yoshlar ishlari agentligi tomonidan 1 mlrd 416 mln 800 ming so`m mablag` ajratilgan.

“Jadidlar” kitobi to`plamidagi har bir kitobni yozish uchun mualliflarga 10 million so`mdan gonorar puli berildi. Har bir to`plam o`rta hisobda 61 600 so`mga (har bir kitobcha esa 7 700 so`mga) to`g`ri kelmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1