O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev amaliy tashrif bilan mamlakatimizda bo`lib turgan Turkiya ichki ishlar vaziri Sulaymon Soyluni qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar qildi.
Ma`lum qilinishicha, oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida huquqni muhofaza qilish va jamoat xavfsizligini ta`minlash sohalarida amaliy hamkorlikni rivojlantirish masalalari ko`rib chiqildi.
Eslatib o`tamiz, bugun ichki ishlar vaziri general-leytenant Po`lat Bobojonovning taklifiga binoan, o`zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, tizimlarda amalga oshirilayotgan islohotlar bilan yaqindan tanishish va tajriba almashish maqsadida Turkiya Respublikasi Ichki ishlar vaziri Sulaymon Soylu boshchiligidagi delegasiya O`zbekistonga tashrif buyurdi. Sal avval Ichki ishlar vazirligida ikki davlat huquqni muhofaza qilish organlari rahbarlari ishtirokida rasmiy uchrashuv bo`lib o`tdi.
08.02.2023, 10:49
Turkiyada zilzilalar sabab 5 ming 894 kishi hayotdan ko`z yumdi, 8 ming kishi qutqarildi.Bu haqda Vise-prezident Fuat Oktay ma`lum qildi.Qayd etilishicha, ayni paytga qadar zilzilalarda...06.02.2023, 13:15
Avval xabar qilganimizdek, Turkiyaning janubi-sharqida, Suriya bilan chegara yaqinida 7,4 ballik kuchli zilzila yuz berdi. Shuningdek, zilzila Turkiyadan tashqari Suriya, Kipr va Livanda ham ko`plab...06.02.2023, 09:34
Turkiya janubida 1 milliondan ortiq aholi istiqomat qiladigan Gaziantep shahri yaqinida 7,4 magnitudali zilzila yuz berdi. Evropa-O`rtaer dengizi seysmologiya markazi ma`lumotlariga ko`ra, zilzila episentri aholi...02.02.2023, 12:16
Turkiya Madaniyat va turizm vazirligi mamlakatning 2022 yilgi turizm natijalarini e`lon qildi. Turkiya bojxona ma`lumotlariga ko`ra, 2022 yilda Turkiyaga tashrif buyurgan sayyohlar soni 51,4 million...