AsosiyJamiyat

Qashqadaryodagi ruhiy kasalliklar shifoxonasida bemorlar erda yotgani tafsilotlari ma`lum qilindi (video)

'Qashqadaryodagi ruhiy kasalliklar shifoxonasida bemorlar erda yotgani tafsilotlari ma`lum qilindi (video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Kitob tumanidagi viloyat 2-asab-ruhiy kasalliklar dispanserida ayrim bemorlar erda uxlashayotgani aks etgan video tarqaldi.

Mazkur murojaat yuzasidan Qashqadaryo viloyati sog`liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati ma`lumot taqdim etdi.  

Aniqlanishicha,  mazkur videotasvir 2022 yil 4 iyul kuni Kitob tumanidagi viloyat 2-asab-ruhiy kasalliklar dispanseri bolalar bo`limi  navbatchi sanitarkasi Muqaddas Xujmatova tomonidan olinib, muassasa bosh shifokoriga telegram orqali taqdim etilgan.

2022 yil 5 iyul kuni dispanser jamoasining umumiy yig`ilishida mazkur holat muhokoma qilinib, bemorlarning o`z o`rniga yotishini ta`minlamasdan, nazoratsiz qoldirgan 4 nafar xodimga mehnat qonunchiligiga asosan intizomiy chora ko`rilgan. Yig`ilishda bunday holat boshqa takrorlanmasligi bo`yicha zarur choralar belgilangan.

Shuningdek, shu guruhda yuqoridagi foydalanuvchi tomonidan dispanserda qo`li shikastlangan bemor ayolga tibbiy yordam ko`rsatilmaganligi, u gipssiz yurganligi qayd etilgan.

Aniqlanishicha,  57 yoshli bemor ayol E.S.  dispanserda “D” hisobda turadi. 2-guruh nogironi, 2022 yil 1 apreldan hozirgi  kunga qadar bu muassasada yotib, davolanib kelmoqda. 2022 yil 3 iyun kuni  yiqilib tushgan. Shu kuni chap qo`l  kaft sohasi rentgen qilinib, travmatolog shifokorga ko`rsatilgan. "Chap qo`l 4-barmoq o`rta falangasining yopiq sinib siljishi" tashxisi qo`yilgan. Bemorga mutaxassis tomonidan tegishli muolajalar qilingan.  2022 yil 27 iyun kuni bemorning qo`li qayta rentgen qilinib, travmatolog shifokor nazoratidan o`tkazilgan. Suyaklari bitganligi sababli bog`lov echilgan. Hozirda bemorning ahvoli qoniqarli.

 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar