echa, 4 avgust kuni Ozarbayjonning Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligidagi elchixonasiga bir guruh radikal diniy guruh tomonidan hujum uyushtirildi va guruh a`zolari elchixona binosiga bostirib kirdi.
Binoning balkoniga chiqib olib bayroqlarni ko`targan bir guruh shaxslar radikal diniy shiorlarni ko`rsatishgan.
O`zbekiston TIV Ozarbayjon Respublikasining Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligidagi Elchixonasiga g`arazli maqsadda uyushtirilgan hujumni qat`iy qoralaydi va vazirlik bu borada o`z bayonotini e`lon qildi.
"Diplomatik vakolatxonalar xodimlarining hayoti va salomatligiga tahdid soladigan har qanday xatti-harakatlarni mutlaqo qabul qilib bo`lmaydi, deb hisoblaymiz",-deyiladi unda.
TIV hodisani har tomonlama tekshirish va barcha aloqadorlarni javobgarlikka tortishga chaqirmoqda.
"O`zbekiston tomoni qardosh Ozarbayjonni xorijdagi fuqarolarining xavfsizligi va himoyasini ta`minlashda qo`llab-quvvatlashini bildiradi",-deyiladi bayonot so`ngida.