AsosiyJamiyat

Toshkentda mashina oynasidan chiqindi uloqtirib ketgan fuqaro jarimaga tortildi (video)

Toshkent shahrining Yangihayot tumanidagi Chortoq mahallasi hududida chiqindi bilan bog`li...

'Toshkentda mashina oynasidan chiqindi uloqtirib ketgan fuqaro jarimaga tortildi (video)'ning rasmi

Toshkent shahrining Yangihayot tumanidagi Chortoq mahallasi hududida chiqindi bilan bog`liq yana bir holat aniqlandi. Bu haqda Toshkent shahar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi axborot xizmati xaar qilmoqda. 

Ma`lum qilinishicha, shu hududda o`rnatilgan kamera ob`ektiviga "Matiz" rusumli avtotransport vositasi oynasidan belgilanmagan joyga noqonuniy tarzda chiqindi uloqtirib tashlab ketgan vaziyat muhrlandi. 

Ushbu holat yuzasidan davlat inspektorlarining tezkorlik bilan olib borgan sa`i-harakatlari natijasida avtomobilning davlat raqami orqali huquqbuzarning shaxsiga aniqlik kiritildi. Natijada unga nisbatan qonunda belgilangan tartibda ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirildi va jarima belgilandi.

Shuningdek, holat takrorlanmasligi yuzasidan tushuntirish berildi.  

 

Boshqa yangiliklar