1

iPhone 14 Pro rekord hajmdagi xotiraga ega bo`lishi aytilmoqda

Hi-tech 12.08.2022, 08:35
iPhone 14 Pro rekord hajmdagi xotiraga ega bo`lishi aytilmoqda

"Apple" kompaniyasining sentyabrda taqdimoti bo`lib o`tadigan iPhone 14 Pro smartfoni rekord hajmdagi xotiraga ega bo`ladi. Bu haqda "WccfTech"xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, qurilmaning bazaviy modifikasiyasi ham takomillashtiriladi. Apple 128 gigabayt versiyasidan voz kechadi. 2022 yildan boshlab 256 gigabayt hajmli variant Pro modellarida asosiy versiyaga aylanadi.

Ammo eng qiziq tomoni shundaki, yangi iPhone’larga rekord darajadagi 2 terabayt ichki xotiraga ega modifikasiya taqdim etish kutilmoqda. Taqqoslash uchun, eng qimmat iPhone 13 Pro va Pro Max hozirda 1 terabayt xotiradan foydalanadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1