Avval xabar qilganimizdek, prezident Shavkat Mirziyoev ayni paytda Bekobod shahrida metallurgiya sohasi vakillari va tadbirkorlar bilan uchrashuv o`tkazmoqda.
Yig`ilishda kelajakdagi kutilayotgan xavotirlar va ularning oldini olish bo`yicha ham fikr bildirildi.
–Metallurgiya sohasida xomashyo bilan bog`liq muammolar haqida ko`proq o`ylashimiz kerak. Bugungi kunda 4 million tonna metalga ehtiyojimiz bor, lekin ularning yarmini import qilyapmiz. Kelgusida esa ehtiyojimiz 6 million tonnaga etadi. Shundan asosiy ehtiyoj uy-joy sohasida 15 foiz, mashinasozlik sohasida 40 foizga to`g`ri keladi. Agar o`zimizda xomashyo bazasini yaratish tizimini to`g`ri yo`lga qo`ymasak, uy-joylar va mashinasozlik mahsulotlarining tannarxi oshib boraveradi. Bu esa oxir-oqibat aholiga qiyinchilik tug`diradi, – dedi davlat rahbari.