“Baron–2: Sog`inch” filmining yopiq premerasi bo`lib o`tadi

Madaniyat 12.08.2022, 17:25
“Baron–2: Sog`inch” filmining yopiq premerasi bo`lib o`tadi

Joriy yilning 18 avgust kuni O`zbekiston va Rossiya kinoijodkorlarining xalqaro terrorizmga qarshi kurash mavzusiga bag`ishlangan birinchi loyihasi “Baron–2: Sog`inch” filmining maxsus (yopiq) premerasi bo`lib o`tadi.

Dastlab, «Yulduz» kinoteatrida soat 15:00 da OAV uchun matbuot anjumani hamda soat 16:00 da filmning maxsus premerasi o`tkaziladi.

Ma`lumot uchun, film Inferno (Rossiya) va O`zbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi tomonidan suratga olindi. Rejissyor Rustam Sa`diev. Filmda bosh rollarni Farhod Mahmudov, Kaan Urganjio`g`li, Igor Lifanov, Viktor Verjbitskiy, Viktoriya Tolstoganova ijro etgan.

Kartina real voqealarga asoslangan. Unda ikkala davlatning maxsus xizmati xodimlarining terrorchilik harakatlarining oldini olish bo`yicha hamkorlikdagi amalga oshirgan ishlari ko`rsatilgan.

S`yomka jarayonlari O`zbekistonda, shuningdek Turkiya, Misr, Shveysariya, Suriya va Rossiya kabi davlatlarida bo`lib o`tgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1