2022 yilning 9 avgust kunidan 10 avgust kuniga o`tar kechasi soat 00:04larda noma`lum shaxslar Chortoq tumani Baliqko`l MFYda joylashgan “Sulton Uvays Qaraniy” ziyoratgohida mavjud bo`lgan “Qur`oni Karim” kitobining qo`lyozma nusxasini o`g`irlab, noma`lum tomonga yashiringan. Bu haqda Namangan viloyati IIB matbuot xizmtai xabar qildi.
Mazkur holat Namangan viloyati Prokuraturasi hamda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati tomonidan nazoratga olinib, Chortoq tumani IIB huzuridagi Tergov bo`linmasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 2-qismi “v”,“g” bandlari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.
Hozirda jinoyatni sodir etgan noma`lum shaxslarni qidirib topish yuzasidan tashkil etilgan guruh tomonidan tezkor-qidiruv ishlari olib borilmoqda.
Ma`lumot uchun: Namangandagi Sulton Uvays Qaroniy ziyoratgohida hajmi jihatdan O`zbekiston musulmonlari idorasidagi Qur`oni Usmoniydan keyin ikkinchi o`rinda turadigan Mushafning qo`lyozma nusxasi saqlanar edi.
24.01.2023, 10:05
Namanganda ayol YPX avtomobilida tug`uruqxonaga olib ketilayotganida farzandini dunyoga keltirdi. Bu haqda YHXX matbuot xizmati xabar bermoqda. Ma`lum qilinishicha, 4P-112 Farg`ona xalqa avtomobil yo`lining 20 kilometrida...04.01.2023, 12:40
Namangan viloyati Chortoq tumani "Ayqiron" MFY hududidan oqib o`tuvchi katta Namangan kanaliga “Nexia-2” rusumli avtomobil haydovchisi noqulay ob-havo tufayli boshqaruvni yo`qotib, tushib ketdi. Bu haqda...27.08.2022, 13:25
Namanganda sodir bo`lgan YTH o`lim bilan yakunlandi. Bu haqda Namangan viloyati IIB matbuot xizmati xabar bermoqda. Ma`lum qilinishicha, kecha, 27 avgust kuni soat 03:45larda 4R-112 "Farg`ona...02.08.2022, 12:01
Ijtimoiy tarmoqlarda “O`qituvchi mardikormi?” nomli tarqalgan xabar yuzasidan Namangan viloyat Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi o`rganish o`tkazdi. Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi...